icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkentda mahallalar va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalari taqdim etildi

14.10.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bogʻchalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Yashnobod tumanidagi Vatandosh, Mohinur, Al-Buxoriy va Tong mahallalarini kompleks yangilash loyihasi taqdim etildi. Ularning umumiy maydoni 75 gektar boʻlib, bu yerda 18 ming 386 nafar aholi istiqomat qiladi.

Loyiha “15 daqiqalik mahalla” tamoyiliga asoslangan. Unga koʻra, aholi uchun zarur savdo va maishiy xizmatlar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, dam olish hamda sport maskanlari odamlarga qulay masofada joylashtiriladi.

Hududda yashil maydonlarni kengaytirish, uch kilometrlik sayr yoʻlagini tashkil etish, bolalar va sport maydonchalarini yangilash, koʻp tarmoqli sport inshootini barpo etish rejalashtirilgan. Mavjud maktablarni kengaytirish hisobiga 2 mingta qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratish, 540 oʻringa moʻljallangan toʻrtta bogʻcha va uchta poliklinika tashkil etish ham nazarda tutilmoqda.

Mahallalarda avtomobillarni hovlilardan tashqarida joylashtirish, jamoat transporti bekatlarini yangilash, xavfsiz piyoda va velosiped yoʻlaklarini barpo etish taklif qilindi. Shuningdek, 76 ta uyning tashqi koʻrinishi va muhandislik tarmoqlarini yangilash, koʻchalarni yoritish, chiqindi yigʻish shoxobchalarini koʻpaytirish koʻzda tutilgan. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, kafe hamda aholi muloqot qilib, hordiq chiqaradigan joylar tashkil etiladi.

“15 daqiqalik mahalla” tamoyili asosida poytaxtda 2027-yilda 100 ta, 2030-yilga qadar esa 400 ta mahalla kompleks yangilanadi. Bu jarayonda ushbu mahallalardagi barcha infratuzilma, jumladan, issiqlik, ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr energiyasi, gaz va yoritish tizimlari, koʻp kvartirali uylar fasadlari, yoʻl va yoʻlaklar, bolalar va sport maydonchalari toʻliq yangilanadi. Mahallalarda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daraxt va butalar soni xalqaro standartlarga moslashtiriladi.

2030-yilga qadar 400 ta mahallada 130 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi, xususan, 2027-yilda 100 ta mahallada 22 mingta. Buning uchun banklar tomonidan “konveyer” loyihalarni ishlab chiqish va ishga tushirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Poytaxtda aholi soni oʻsishi bilan oʻquvchi oʻrinlari tanqisligi ortib bormoqda. 2025-2026-oʻquv yilida u 141 mingtani tashkil etgan boʻlsa, keyingi besh yilda oʻquvchilar soni 71 mingtaga (14 foiz) koʻpayishi hisobiga 2030-2031-oʻquv yiliga borib, 212 mingtaga yetishi mumkin. Shu bois, 2030-yilgacha respublika budjeti hisobidan 48 mingta, mahalliy budjet hisobidan 78 mingta yangi oʻquvchi oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Natijada maktablarning yuklamasi hozirgi 1,4 koeffitsiyentdan 2030-yilda 1,2 gacha pasayadi.

2026-2027-oʻquv yili uchun umumiy maydoni 64,6 ming kvadrat metr boʻlgan, jami 38 ming oʻrinli 24 ta yangi maktabning loyihalari tayyorlangan. Maktablarning amaldagi namunaviy loyihalariga 17 ta yangi imkoniyat qoʻshilmoqda. Jumladan, qoʻshimcha oʻquv maydonlari, kutubxona, sport va madaniyat tadbirlari uchun moslashuvchan zallar, oʻqituvchilar uchun qulay xonalar koʻzda tutilgan. Loyihalarda pandus va liftlar, inklyuziv taʼlim xonalari, tibbiy xonalar, xavfsizlik hamda energiya tejamkorlik yechimlari ham nazarda tutilgan. Harakat va suv datchiklari hisobiga elektr energiyasi sarfi 20 foizgacha, suv sarfi 10 foizgacha tejaladi. Yangi yechimlar yer maydonini 50 foiz tejash, bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan maydon samaradorligini 15 foizga oshirish, sport maydonlarini uch barobar kengaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, namunaviy loyihalar samaradorligi 40 foizga oshiriladi.

Xususiy taʼlim markazlarining davlat maktablari bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi. Bu oʻquvchilarning maktabning oʻzida oliygohlarga tayyorlanishi va yangi tillarni oʻrganishi uchun sharoit yaratadi.

Shaharda 3-7 yoshli bolalar soni 253 mingtani tashkil etadi. Ularning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi 79,2 foiz, bogʻchalardagi oʻrinlar tanqisligi esa 65 mingta. Shu bois, 2030-yilgacha respublika budjeti hisobidan 8 mingta, mahalliy budjet hisobidan 32 mingta qoʻshimcha bogʻcha oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda. Natijada 2030-yilda qamrov 92 foizga yetkaziladi. 2026-2027-oʻquv yili uchun esa umumiy maydoni 32 ming kvadrat metr boʻlgan, jami 16 ming oʻrinli 28 ta yangi bogʻchaning besh turdagi loyihalari tayyorlangan.

Bogʻchalarning namunaviy loyihasiga bolalar rivojlanishi va salomatligiga xizmat qiluvchi 14 ta yangi yechim kiritilmoqda. Ularda sensor va logoped xonalari, psixologik-pedagogik yordam koʻrsatish joylari, tibbiy blok, turli mashgʻulotlarga moslashtiriladigan zallar boʻladi. Bolalar xavfsizligi uchun videokuzatuv va jarohatdan himoyalovchi qoplamalar, qulay muhit yaratish uchun havo tozalagichlar, shuningdek, energiya tejamkor yoritish va quyosh panellari koʻzda tutilgan. Bu orqali namunaviy loyihalar samaradorligi 38 foizga oshiriladi.

Taqdimotda Uchtepa tumanida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan “Uchtepa city” zamonaviy ishbilarmonlik markazini barpo etish loyihasi ham taqdim etildi. 37 gektar hududda ikki bosqichda amalga oshiriladigan loyihaning birinchi bosqichida 26 gektarda investor tomonidan 1 milliard dollar investitsiya kiritiladi. Ikkinchi bosqichda 11 gektarda turar joy va xizmat koʻrsatish binolari quriladi. Markazda koʻp qavatli turar joylar, ofislar, savdo-koʻngilochar majmua, xalqaro brendga ega mehmonxona va sayilgoh barpo etiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston – Turkiya doʻstlik bogʻi va Otaturk koʻchasining meʼmoriy konsepsiyasi ham namoyish qilindi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga taqdim etilgan loyihalarni aholi ehtiyojlari va shaharsozlik talablari asosida yanada puxta ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo