icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bogʻlovchi zamonaviy koʻprik qurilmoqda

18.10.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qoradaryo ustidan oʻtuvchi koʻprik qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

Ushbu yirik inshoot transport oqimini samarali tashkil etish, harakat xavfsizligini taʼminlash va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan. U yangi barpo etilayotgan “Shirin” massivini Samarqand shahri hamda xalqaro aeroport bilan bogʻlaydi.

Loyiha qiymati 310 milliard soʻm boʻlgan koʻprikning uzunligi 780 metr, kengligi 29,8 metr, balandligi esa 12 metrni tashkil etadi. Qatnov qismi 4 tasma, kuniga 25 mingtagacha transport vositasini oʻtkazish quvvatiga ega boʻladi.

Yangi obyekt foydalanishga topshirilgach, Shirin shaharchasidan markazgacha boʻlgan masofa 23 kilometrdan 4 kilometrga, yoʻlga ketadigan vaqt esa 30 daqiqaga qisqaradi.

Davlatimiz rahbariga loyihaning texnik yechimlari va transport oqimini boshqarish imkoniyatlari haqida axborot berildi.

Shu yerda faollar bilan suhbat boʻldi.

– 2016-yilda Oʻzbekistonga bor-yoʻgʻi 1 million 200 ming turist kelardi. Hozir bir yilda 5 million sayyoh tashrif buyurdi. Qachon biz bunday natijalarni tasavvur qilardik? Albatta, bugun dunyo raqobat asosida rivojlanyapti. Biz ham bu raqobatda oʻz oʻrnimizni mustahkamlashimiz kerak.

Loyihalarni toʻgʻri ishlab chiqsak, logistikani oqilona tashkil etsak, xarajatlarni qisqartiramiz, odamlarimizning uzogʻini yaqin qilamiz. Axir bu shahar odamlar uchun-ku!

Mana shu koʻprik mening orzularimdan biri edi. Bugun bu orzu roʻyobga chiqdi, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari shahar odamlar uchun xizmat qilishi kerakligi haqidagi fikrini davom ettirib, har bir insonning xalq va yurt oldidagi masʼuliyatiga toʻxtaldi.

– Men kechagi nutqimda ham “oʻz”, “oʻzimiz”, “oʻzligimiz”, “oʻzimizniki” degan soʻzlarga qayta-qayta urgʻu berdim. “Men oʻzbekistonlikman, xalqim uchun harakat qilaman, xalqim uchun oʻqiyman, ertangi kunim uchun izlanaman” degan gʻoyalar ruhida yashashimiz kerak.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo