icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Oʻmonning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

16.11.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻmon Sultonligiga davlat tashrifi davomida ushbu mamlakat Investitsiyalar agentligi prezidenti Abdusalom al-Murshidiy boshchiligidagi yirik biznes vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻmon Savdo-sanoat palatasi raisi Shayx Faysal al-Ravas, “SABCO Group” direktorlar kengashi raisi Said Xolid bin Hamad al-Busaydiy, “Voltamp Energy” direktorlar kengashi raisi Said Ayman al-Busaydiy, “Asyad Group” bosh ijrochi direktori Abdurahmon bin Salim al-Hatmiy, “Zubair Corporation” kompaniyasi boshqaruvi kengashi raisi Rashad Muhammad al-Zubayr, “UzOman” kompaniyasi rahbari Umar Bahrom ishtirok etdilar.

Tadbirda Oʻzbekiston – Oʻmon investitsiya kompaniyasi ustav kapitalini oshirish, togʻ-kon, “yashil” energetika, elektrotexnika, kimyo, shaharsozlik, transport va logistika, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni taʼminlashda yangi tashkil etilayotgan Oʻzbekiston – Oʻmon ishbilarmonlar kengashining faoliyati muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida qoʻshma ishchi guruh tuzish va bajarilgan ishlar natijalarini har chorakda muhokama qilib borishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo