24.11.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti FarmoniO‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi o‘rtasida keng qamrovli sheriklikni mustahkamlash, davlatlararo siyosiy muloqotni kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi alohida xizmatlari, xususan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika, turizm, ta’lim, ilm-fan hamda diniy-ma’rifiy sohalarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va izchil amalga oshirish, har tomonlama manfaatli tashabbuslarni ilgari surish, shuningdek, ikki mamlakat xalqlari orasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun Iordaniya Hoshimiylar Podshohi Abdulloh II ibn al-Husayn A’lo Hazratlari O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


