O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
15.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, birinchi navbatda, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalaridagi muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish choralari ko‘rib chiqildi.
Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.


