icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Konstitutsiyaviy huquqlarni himoya qilish boʻyicha yangi mexanizmlar joriy etiladi

17.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni fuqaro va tadbirkorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Joriy yilda oʻzining 30 yilligini nishonlayotgan Konstitutsiyaviy sud faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar bajarildi. Jumladan, 2021-yilda Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, samarali konstitutsiyaviy nazorat tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy sud oʻz vakolatlarini toʻlaqonli amalga oshirishini taʼminlash bugungi kunning dolzarb vazifasi boʻlib, mazkur yoʻnalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish taqozo etilmoqda.

Taqdimotda bu boradagi takliflar koʻrib chiqildi.

Jumladan, Konstitutsiyaviy sud tomonidan har yili mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha taqdim etib boriladigan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligi oshiriladi.

Bunda Konstitutsiyaviy sud tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomillari maqbullashtiriladi, sansalorliklar bartaraf etiladi.

Shuningdek, “konstitutsiyaviy shikoyat” instituti samaradorligini oshirish va murojaat etuvchilarning sud himoyasini taʼminlash maqsadida sud ishida qoʻllanilgan qonun Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan taqdirda tegishli sud hujjatini qayta koʻrib chiqish tartibini joriy etish taklif qilindi.

Taqdimotda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

Xususan, Konstitutsiyaviy sud majlislarida masofadan onlayn tarzda ishtirok etish, sud majlislarini internet orqali translyatsiya qilib borish, vazirlik va idoralar oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Konstitutsiyaviy sudning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy sudlari bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligi koʻrsatib oʻtildi. Sudning Osiyo konstitutsiyaviy sudlari assotsiatsiyasiga raisligi doirasida mamlakatimizda va xorijda qator xalqaro tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Odil sudlovni taʼminlashga oid boshqa masalalar, xususan, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarni aholi hamda tadbirkorlarga yanada yaqinlashtirish ham koʻrib chiqildi. Jumladan, ushbu sudlarga murojaat qilishda eksterritorial sudlovga tegishlilikni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hal qilish tashabbusi ilgari surildi.

Prezidentimiz takliflarni qoʻllab-quvvatlab, ularni sifatli va tizimli amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo