icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligini rivojlantirish boʻyicha yangi takliflarni ilgari surdi

05.06.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi oʻrinbosari Xan Chjen ham tadbirning asosiy spikerlari sifatida soʻzga chiqdi.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab, Oʻzbekiston bilan tarix, maʼnaviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali bogʻlangan Sankt-Peterburg shahriga yana bir bor tashrif buyurish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Transport yoʻnalishlarining oʻzgarishi, yangi ishlab chiqarish zanjirlarining shakllanishi, zamonaviy texnologik platformalarning paydo boʻlishi va sunʼiy intellektning keng joriy etilishi bilan dunyoda kechayotgan chuqur transformatsiya jarayonlariga baho berildi.

– Raqobat nafaqat bozorlar va tabiiy resurslar uchun kurashda namoyon boʻlmoqda, balki texnologiyalar, logistika va infratuzilma sohalarida ham uning taʼsiri sezilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatimiz yetakchisi taʼkidlaganidek, bugungi sharoitda birlashtiruvchi rol oʻynaydigan va oʻz atrofida kooperatsiya, barqarorlik hamda oʻzaro manfaatdorlik makonini shakllantirishga qodir boʻlgan davlatlar va mintaqalarning ahamiyati ortib bormoqda.

– Oʻzbekiston ming yillar davomida Buyuk ipak yoʻlining yuragi boʻlib kelgan. Samarqand, Buxoro va Toshkent orqali nafaqat mahsulotlar tashilgan, balki gʻoya va bilimlar, madaniy va diniy anʼanalar bir-birini oʻzaro boyitib kelgan. Shuning uchun ham ochiqlik biz uchun doimo tanlov emas, balki hayotiy zarurat va sivilizatsiya kodi hisoblangan, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining asosiy yoʻnalishlarini tahlil qilib, savdo-iqtisodiy hamkorlik, hududlararo aloqalar, sanoat kooperatsiyasi hamda energetika sohasidagi sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini alohida qayd etdi.

Oʻzbekiston va Rossiyaning texnologik hamda sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish maqsadida yagona raqamli platforma bilan birlashtirilgan ishlab chiqarish klasterlari tizimi – “Yevroosiyo texnologik sanoatlashtirish kamari”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Ish oʻrinlari yaratishga, logistika, toʻlov xizmatlari hamda yangi eksport imkoniyatlarining rivojlanishiga xizmat qiluvchi raqamlashtirish sohasi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishi sifatida belgilandi.

Raqamli savdo va shahar servislarini tartibga solish qoidalarini yaqinlashtirish, Oʻzbekiston va Rossiya brendlarini hamkorlikdagi platformalarda ilgari surish, sunʼiy intellekt asosida mahsulotlarni rivojlantirishni oʻzida qamrab olgan qoʻshma Raqamli ekotizimni shakllantirishga kirishish taklif etildi.

Oʻzbekiston dunyoning yoshlari eng koʻp mamlakatlaridan biri ekanini hisobga olib, vazifasi taʼlim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini oʻzaro bogʻlashdan iborat boʻlgan Inson kapitalini rivojlantirish qoʻshma onlayn-platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Hamkorlikning madaniy-gumanitar yoʻnalishini yanada mustahkamlash maqsadida “Samarqanddan Peterburggacha” kreativ-turistik yoʻlak loyihasini ishga tushirish ham taklif etildi. Ushbu tashabbus sanʼat va kino festivallari, muzey koʻrgazmalari, gastronomiya haftaliklari va musiqiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishni nazarda tutadi.

Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning muhim natijalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

– Bundan oʻn yil oldin ochiqlik, inklyuzivlik va pragmatizmga tayangan holda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishni boshlagan edik. Oʻtgan davrda uzoq muddatli oʻsish uchun mustahkam asos – qulay ishbilarmonlik muhiti, barqaror sanoat bazasi va yangi infratuzilma yaratildi, – dedi davlatimiz rahbari.

Yosh, faol va tez oʻsib borayotgan aholi Oʻzbekistonning asosiy ustunliklaridan biri boʻlib, tadbirkorlik, texnologiyalar, servislar va sanoatni rivojlantirishning uzoq muddatli poydevori ekanligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, erishilayotgan oʻsish nafaqat jadal, balki barqaror, inklyuziv va insonlar hayot sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozimligi qayd etildi.

Qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, bozor institutlarini takomillashtirish, raqobat darajasini oshirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish orqali global investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar izchil shakllantirilayotgani bildirildi.

Forum qatnashchilari tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markaziga berilgan maxsus huquqiy maqom va soliq imtiyozlari imkoniyatlaridan foydalanishga, shuningdek, joriy yilning 16-18-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.

Yakunda davlatimiz rahbari ochiq va oʻzaro hurmatga asoslangan muloqot hozirgi kunda barqaror rivojlanishning asosiy shartiga aylanayotganini, ishonch, hamkorlikka tayyorlik va birgalikda yechim izlashga intilish bor joyda yangi imkoniyatlar paydo boʻlishini yana bir bor taʼkidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo